ISTE’DODLAR MASKANI – 2023
Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida 2022/2023 о‘quv yili davomida о‘z vazifasiga ma’suliyat bilan yondashgan, о‘qish va jamoat ishlarida faol bо‘lgan, samarali faoliyati bilan boshqalarga о‘rnak bо‘lib kelayotgan institut professor-о‘qituvchilari, ishchi xodimlari hamda talaba-yoshlarni ma’naviy rag‘batlantirish, bitiruvchi magistrlarga diplom topshirish marosimini о‘z ichiga olgan an’anaviy “Iste’dodlar maskani – 2023” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri bо‘lib о‘tdi.
Ushbu tadbir doirasida “Yilning eng yaxshi kafedrasi” nominatsiyasida “Grafika” kafedrasi munosib deb topildi.