Wunderkindda mahorat darslari

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Tasviriy san’at fakulteti “Grafika” kafedrasi mudiri Jamshid Rashidov boshchiligida 2023 yil 29-sentabrda “Dastgoh va kitob grafikasi” ta’lim yo‘nalishining 2, 3 va 4-kurs talabalari ingliz tiliga ixtisoslashgan “Wunderkind” xususiy maktabi o‘quvchi-yoshlari uchun mahorat darslarini tashkil etishdi.

Mahorat darslari talabalarning mutaxassisliklaridan kelib chiqqan holda rangtasvir va grafika yo‘nalishlarida olib borildi. Maktab o‘quvchilari tomonidan asosan tabiat manzalari chizilgan bo‘lib bu borada talabalarimiz kompozitsion qurish hamda to‘g‘ri rang berish mavzularida maslahatlar berishdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan