Ona yurtni kuylagan musavvir

Toshkent fotosuratlar uyida 09.09.2022 sanada Drafika kafedrasi dotsenti Erkin Nurmanovning “Ona yurtni kuylagan musavvir” nomli shaxsiy koʼrgazmasi ochildi.

Tavalludining 70 yilligiga bagʼishlangan koʼrgazmada rassomning 30 dan ortiq rangtasvir asarlari 20 ga yaqin kitoblarga ishlagan muqovalaridan namunalar va bir qancha badiiy asarlar, qissa va hikoyalarga ishlagan oq-qora illyustartsiyalari namoyish etilmoqda.

Koʼrgazma muallifi koʼp yillar davomida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida dars berish bilan birga tinimsiz ijod bilan shugʼullanib keladi. Nashriyotlarda koʼpdan-koʼp kitoblarga muqovalar va asarlarga badiiy bezak ishlarini olib borgan. Xususan, uning “Boburnoma”, I.Haqqulning “Kamol et kasbkim”, S.Siyoevning “Yassaviyning soʼnggi safari”, Sh.Otabekning “Doʼrmon hangomalari” singari asarlar muqovalari koʼpchilikka maʼlum va manzurdir.

Koʼrgazmadagi rangtasvir asarlarida yurtimizning soʼlim maskanlari, xalqimizning mehnatsevarligi va bolajonligini koʼrsatuvchi syujetli kompozitsiyalar taqdim etilgan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan