2022 yil 5 oktabr kuni P.Benkov nomidagi Respublika rassomlik maktabida “Grafika” kafedrasi o‘qituvchisi Dilbek To‘xtaqulov va 3 kurs dastgoh va kitob grafikasi talabalarining “Grafika san’ati” nomli guruhli ko‘rgazmasi ochildi.








Ko‘rgazma ochilishida ko‘plab taniqli va yosh ijodkorlar, qatorida so‘zga chiqqan institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Botir Sangirov, Tasviriy san’at fakulteti dekani Shixnazar Jumaniyazovlar yosh ijodkorlarni mazkur ko‘rgazmaning ochilishi bilan muborakbod etar ekan, bu kabi ko‘rgazmaning tashkil etilishi yoshlarning haqiqiy ijodkor bo‘lib shakllanishi uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini, zeroki, bugun bildirilgan fikrlar va tomoshabinning bahosi yosh ijodkorning kelajakdagi ijodiy yo‘lini topishga xizmat qilishini ta’kidladilar.
Shuningdek, asosiy qismi institutimiz talabalaridan iborat bo‘lgan ijodkor yoshlarga institut rektori Abbosjon Mirzorahimovning tabrigi hamda diplomlarini taqdim etishdi.
Ko‘rgazmada akvarel, pero, rangli qalam, linogravyura, grafit qalam va aralash texnikalarda ishlangan 40 ga yaqin asarlarlar taqdim qilindi.
“Grafika san’ati” ko‘rgazmasi ishtirokchilari bilan tanishing:
Badiiy va ijodiy rahbar:
Dilbek To‘xtaqulov
Ishtirok etuvchi grafikachi rassomlar:
- Qosimov Murodil “Illustratsiya”;
- Qosimova Gulchehra “So‘nggi uyg‘onish”;
- Azimxo‘jayev Sarvar “Rasul Hamzatovga bag‘ishlov”;
- Qurbonova Munisa “Parizod”;
- Istamtoshev Ulug‘bek “Kutish”, “Imorat”;
- Rahimjonova Shohsanam “Eski shahar”;
- Abdusalomov Turdimurod “Qaytish”, “Minjir”, “Shom”;
- Jabborova Gulnoza “Skafandra”;
- Shomurodov Quvondiq “Etyud”, “Gujum”;
10.To‘rabekova Marjona “Qafas”; - Yahyoyeva Mohichehra “Tarixiy manzaralar”;
- Xolmuhammadova Mohinabonu “Linogravyura”;
- Kenjayeva Mashhura “Ko‘hna Urganch”;
- Samadov Vohidjon “Lahza portret”;
- Karimova Jasmina “Orol va sahro”;
- Boboqulova Zilola “Linogravyura”.