GRAFIKA: MEHNAT VA MAHORAT

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida Tasviriy san’at fakulteti Dastgoh va kitob grafikasi ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Ulug‘bek Istamtoshevning “Grafika: mehnat va mahorat” deb nomlangan shaxsiy ko‘rgazmasining ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir avvalida so‘zga chiqqan Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Botir Sangirov hamda fakultet dekani Shiхnazar Jumaniyazovlar yosh iqtidor egasini ushbu ko‘rgazmaning ochilishi bilan muborakbod etar ekan, Ulug‘bekning avvalo, mehnatkash ijodkor ekanligini, uning intilishi va o‘z ustida ishlashi qolgan yoshlarga ibrat ekanligini ta’kidlab, institut rektori Abbosjon Mirzorahimovning samimiy tilaklari va diplomini yetkazdi.

✨О‘z о‘rnida ijodkor talaba kо‘zgazmaning tashkil etilishida о‘z yordamlarini ayamagan institut rahbariyatiga, ustozlari va dо‘stlariga minnatdorligini bildirdi.

Ta’kidlash o‘rinliki, ushbu ko‘rgazmada Ulug‘bekning akvarel, guash, tushpero va boshqa texnikalardan foydalanilgan 40 dan oshiq ijodiy ishlari tomoshabinlar va mutaxassislar hukmiga havola etildi.

Ko‘rgazma so‘ngida fakultet dekani Shixnazar Jumaniyazov yosh iqtidor egasiga institutning doimiy hamkori “Vista Artista” brendining rassomlik o‘quv ashyolari bilan taqdirlab, unga ulkan ijodiy zafarlar tiladi.

“Grafika” kafedrasi mudiri Jamshid Rashidov hamda ustozlari ta’kidlaganidek, bugungi kunda Ulug‘bek istamtoshev san’atda o‘z o‘rnini topish, o‘z yo‘nalishiga ega bo‘lib taniqli ijodkor bo‘lish yo‘lida izlanmoqda. Muhimi mehnat va mahoratni uyg‘unlashtira olsa, albatta, kelajakda o‘zbek san’atida o‘z o‘rniga ega yetuk ijodkor bo‘lib yetishishi muqarrar. Bu yo‘lda unga muvafaqqiyatlar tilab qolamiz!

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan