«Yangi O’zbekiston – mening nigohimda» va «Biz yoshlar Covid-19ga qarshimiz» ijodiy ishlar tanlovi g’olib va sovrindorlari

Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining ijodkor talaba-yoshlari o’rtasida «Yangi O’zbekiston – mening nigohimda» ko’rgazma-tanlovi hamda «Biz yoshlar Covid-19ga qarshimiz!» ijodiy ishlar tanlovi e’lon qilingan edi.

Kecha, (11-dekabr) ushbu tanlovlarning tantanali taqdirlash marosimi tashkil etildi. Tanlovlarning hakamlar hay’ati raisi O’zbekiston xalq rassomi, professor Akmal Ikromjonovning yakuniy hulosalariga ko’ra, eng munosib deb topilgan yosh, umidli va iste’dodli talaba-yoshlar diplom va katta miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Institut rektori Nodirbek Sayfullayev bugun yurtimizda tasviriy va amaliy san’at rivojiga berilayotgan e’tibor va g‘amxо‘rlik samarasi о‘laroq, yangi ijodkorlar avlodi yetishib kelayotgani, bu kabi e’tirof va imkoniyatlar esa yurtimiz san’ati dovrо‘g‘ini yanada oshirish, ularni yanada shiddat bilan ijod qilishlariga zamin yaratishini ta’kidlab, barcha ijodkorlarga omad tiladi.

Manba: https://t.me/mrdi_yoshlari/327

«Eng yaxshi grafika asari» nominatsiyasi g’olibi Kitob grafikasi ta’lim yo’nalishi 2-bosqich talabasi Istamtoshev Ulug’bek Ikrom o’gli. Diplom va 2 000 000 (ikki million) so’m pul mukofoti bilan taqdirlandi
«Eng yaxshi miniatyura asari» nominatsiyasi g’olibi Xattotlik va miniatyura mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Yo’ldosheva Maxfuza Raviqjon qizi. Diplom va 2 000 000 (ikki million) so’m pul mukofoti bilan taqdirlandi
«Eng yaxshi amaliy san’at asari» nominatsiyasi g’olibi Kitob grafikasi ta’lim yo’nalishi 3-bosqich talabasi Yusupova Nazokat Dilshodbek qizi. Diplom va 2 000 000 (ikki million) so’m pul mukofoti bilan taqdirlandi
3-o’rin sovrindori Xattotlik va miniatyura ta’lim yo’nalishi 4-bosqich talabasi Axmadaliyeva Nilufar Qobiljon qizi
Diplom va 1 000 000 (bir million) so’m pul mukofoti bilan taqdirlandi
Tanlovning rag’batlantiruvchi o’rin sovrindori Xattotlik va miniatyura mutaxassisligi 2-bosqich magistranti Jo’raboyev Behzod Shakirjanovich. Diplom va 500 000 (besh yuz ming) so’m pul mukofoti bilan taqdirlandi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan