Dunyo universitetlari reytingida 230-o‘rinda turuvchi Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti va Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti o‘rtasida tuzilgan Memorandum asosida hamda institutning istiqbolli rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti «Tahririy-nashriyot va dizayn» kafedrasi talabalari uchun «Grafika» kafedrasi dotsenti Safi Mariya 2023-yil 28-noyabrdan 1-dekabrgacha seminar va mahorat darslarini o‘tkazdi.

