2021 yilning 22 dekabr kuni soat 16:00da O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi Ikuo Xirayama Xalqaro madaniyat karvon saroyida yosh rassom Malika Yunusovaning “Sirli olam” nomli shaxsiy ko‘rgazmasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada yosh rassomning litografiya, ofort va linogravyura usulida ishlangan 40ga yaqin asari namoyish qilinmoqda.
Ko‘rgazma joriy yilning 5 yanvarigacha davom etadi.