Grafika kafedrasi talabasi Sheralibek Djumaniyazovning “Hayot va hayol” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi

Bugun milliy san’atimizda о‘z fikri, uslubi va dunyoqarashiga ega yosh ijodkorlar avlodi shakllanmoqda. Ularning ijodiga nazar solar ekansiz, kreativlik, inson fikrining erkin ifodasi, atrofda bо‘layotgan voqea-hodisalarga bо‘lgan tezkor munosabatga guvoh bо‘lasiz.

Shunday iqtidorli yoshlardan biri Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Tasviriy san’at fakulteti “Grafika: dastgoh va kitob grafikasi ”ta’lim yo‘nalishi talabasi Sheralibek Djumaniyazov bo‘lib kuni kecha Toshkent Fotosuratlar uyida “Hayot va hayol” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi.

Ko‘rgazmada yosh ijodkorning 30 dan ortiq grafik ishlari o‘rin olgan bo‘lib, asarlarda inson va tabiat, ularning o‘zaro bog‘liqligi insoniy tuyg‘ular falsafiy qarashlari aks etgan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan