HASAN AZIMJONOVNING «LAHZALAR CHIZGILARDA» NOMLI SHAXSIY KO’RGAZMASI

«Grafika: dastgoh va kitob grafikasi” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Hasan Azimjonov o’zining «Lahzalar chizgilarda» nomli shaxsiy ko’rgazmasini tashkil etdi.

Ko’rgazmani institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Botir Sangirov institut rektori Abbosjon Mirzoraximov tabrigini yetkazgan holda ochib berib, rahbariyat diplomini topshirdi.

Ko’rgazma davomida «Dastgohli rangtasvir» kafedrasi professor Muhammaddiyor Toshmurodov, «Grafika» kafedrasi professori Asliddin Kanonov so’zga chiqib, yosh rassom ijodiga muvaffaqiyat tiladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan