2023 yil Xalqaro an’anaviy «Tasviriy va amaliy san’at festivali»ning medal sohiblari

2023 yildagi Xalqaro an’anaviy «Tasviriy va amaliy san’at festivali»da kafedra talabalari 3 ta oltin 1 ta kumush medali sohibi bo‘ldilar. Ular:

  • Istamtoshev Ulug‘bek – oltin
  • Azimjonov Xasan – oltin
  • Mehmonova Anora – oltin
  • Kamilova Zilola – kumush.

Xalqaro an’anaviy «Tasviriy va amaliy san’at festivali» ning viloyat bosqichida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Tasviriy san’at fakulteti «Dastgohli kitob grafikasi yo‘nalishi» 2- bosqich talabasi Anora Mehmonova Toshkent viloyati bo‘yicha o‘z ijodiy asarlari bilan faol ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va Oltin medal sohibasi bo‘ldi.

Grafika kafedrasining «Dastgoh kitob grafikasi” yo‘nalishi 2- bosqich talabasi Aziza Xodjatayeva hamda ustozi Charos Ummatovalar o‘zining mahorat saboqlari va ijodiy ko‘rgazmalari bilan festival yakuniga qadar faol ishtirok etishdi.

Aziza Xadjatayeva «Turkiyadagi zilzila» deb nomlangan mazkur asarini linogravyura texnikasi asosida yaratdi. Uning bu mahorat darsi ko‘pchilikda qiziqish uyg‘ota oldi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan